AsosiySport

Roberto Karlos bilan 28 yanvar kuni matbuot anjumani tashkil etiladi

'Roberto Karlos bilan 28 yanvar kuni matbuot anjumani tashkil etiladi'ning rasmi

Jahon futboli yulduzi Roberto Karlos 28 yanvar kuni poytaxtimizga tashrif buyurishi haqida avval xabar berib o`tgandik. Shu kuni Braziliya terma jamoasi tarkibida jahon chempionligini qo`lga kiritgan futbol afsonasi turli tadbirlarda ishtirok etadi.

Jumladan, soat 12:00da yosh futbolchilar uchun O`FA maydonida master-klass tashkil etiladi. Keyin shu erning o`zida faxriy futbolchilar ishtirokida o`rtoqlik o`yini bo`lib o`tadi. Uchrashuv 10 daqiqadan 2ta taym davom etadi. Roberto Karlos har ikkala jamoa tarkibida bitta taymdan maydonda to`p suradi.

"Braziliyalik futbolchi Mehribonlik uyiga tashrif buyurib, u erdagi tarbiyalanuvchilar bilan uchrashadi va ularga sovg`alar taqdim qiladi. Soat 16:00da esa Milliy olimpiya qo`mitasida Roberto Karlos bilan matbuot anjumani tashkil etiladi", - deyilgan O`FA xabarida.

Yurtimizda faoliyat olib borayotgan barcha turdagi ommaviy axborot vositalarini mazkur tadbirlarni yoritishga va matbuot anjumanida ishtirok etishga taklif etilmoqda.

    Boshqa yangiliklar