Poytaxtimizdagi shaxmatga ixtisoslashgan respublika bolalar-o`smirlar sport maktabida 8,10,12 yoshli o`g`il-qizlar o`rtasidagi O`zbekiston chempionati nihoyasiga etdi, deb xabar bermoqda O`zA.
Malika Jumaeva (Sirdaryo), Afruza Hamdamova (Samarqand), Guldona Karimova (Samarqand), Javohir Bozorov (Toshkent), Kamron Karimov (Samarqand) va Davlatbek Mahmudjonov (Qashqadaryo) lar o`z guruhlarida g`oliblikni qo`lga kiritishdi.













