AsosiyJamiyat

Nijniy Novgorod shahrida Alisher Navoiy nomidagi o`zbek tili va madaniyati markazi tashkil etiladi

'Nijniy Novgorod shahrida Alisher Navoiy nomidagi o`zbek tili va madaniyati markazi tashkil etiladi'ning rasmi

Nijegorod davlat lingvistika va Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o`zbek tili va adabiyoti universitetlari rektorlari o`rtasida bo`lib o`tgan muzokaralar davomida bu borada kelishuvga erishildi.

Shu yilning 21 yanvar kuni Nijegorod davlat lingvistika universiteti rektori Boris Jigalov boshchiligidagi delegasiya Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o`zbek tili va adabiyoti universitetiga keldi.

O`tkazilgan muzokaralarda kelgusi o`quv yilidan boshlab turizm, tarjima, xalq diplomatiyasi, sosiologiya sohalari bo`yicha magistratura va bakalavriatura yo`nalishlarini tashkil etish bo`yicha aniq takliflar bildirdi.

Qolaversa, yosh va iqtidorli kadrlarni Nijegorod davlat lingvistika universitetining aspiranturasida o`qishlari uchun imkon yaratish va ularni qo`llab-quvvatlash masalasi ham ijobiy hal etildi.

    Boshqa yangiliklar