AsosiyDunyo

Bolgariyadagi kurortda plastik idishlardan foydalanish taqiqlandi

'Bolgariyadagi kurortda plastik idishlardan foydalanish taqiqlandi 'ning rasmi

Bolgariyaning Alp tog`laridagi Bansko kurort majmuasida plastik idishlardan foydalanish mutlaqo taqiqlandi, deb xabar qildi Day.Az nashri.

Ushbu joy dunyoning eng mashhur qishki dam olish maskanlaridan biri sanaladi va har mavsumda bu erga minglab sayyohlar keladi. Chiqindi miqdorining haddan ziyod ortib borayotgani natijasida tog`li hudud tobora ifloslanmoqda. Shuning uchun endilikda kurort majmuasi hududida hamda uning atrofidagi barcha restoran, do`kon, barlarda plastik idishlardan foydalanishga chek qo`yildi.

    Boshqa yangiliklar