Pokistonda yirik YTH ro`y berdi, deya xabar qildi News.day.az nashri.
Belujiston viloyatida yo`lovchi tashuvchi avtobus yuk mashinasi bilan to`qnashib ketgan. Bu vaqtda avtobusda 40 nafar yo`lovchi bor edi. Yuk mashinasida esa yoqilg`i bo`lgan. Fojia oqibatida kamida 26 kishi qurbon bo`lgan va yana 14 nafari tan jarohati olgan. Qurbonlarning jasadi Karachi shahriga olib kelingan. Hukumat mazkur holat yuzasidan tergov-surishtiruv ishlarini boshlagan.






