Dunyoning eng mashhur kinoprodyuserlaridan biri Endryu Vayna 75 yoshida vafot etdi, deya xabar berdi Vesti nashri.
Vengriyalik prodyusser kinosanoatda Endi taxallusi bilan mashhur bo`lib, u “Terminator”, “Rembo”, “Farishta yuragi” kabi jahonga mashhur filmlarni suratga olgan. Endi uzoq vaqt davomida yurak kasalligi bilan xastalanib, Budapeshtdagi uyida olamdan o`tgan. U Carolco Pictures kompaniyasi asoschisi hisoblanadi.






