Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida jahonning 10 ta mamlakatidan tashrif buyurgan 120 nafardan ortiq vakillari ishtirokida "Ballet beautiful art" klassik va zamonaviy raqs san`ati bo`yicha xalqaro ko`rik-tanlov o`tkazildi.
Xalqaro tanlovda Toshkent davlat milliy raqs va xoreografiya oliy maktabining 2-bosqich talabasi Doston Turg`unov muvaffaqiyatli ishtirok etib, ikkinchi o`rinni qo`lga kiritdi.
Musobaqa davomida Doston Turg`unov "Jizel" spektaklidan Albert variasiyasi, "Korsar" spektaklidan variasiya ijro etib hakamlar hay`ati va tomoshabinlar olqishiga sazovor bo`ldi.
"Ballet beautiful art" xalqaro tanlovida italiyalik ijrochi birinchi, hamyurtimiz ikkinchi va uchinchi o`rinni rossiyalik ijrochi qo`lga kiritdi.






