Dunyoning eng keksa erkagi sanalgan yaponiyalik Masadzo Nonaka 113 yoshida vafot etdi, deya xabar bermoqda Segodnya nashri.
Nonaka 1905 yilning 25 iyulida tug`ilgan. U Ginnesning rekordlar kitobiga jahondagi eng yoshi ulug` erkak sifatida kiritilgan. U so`nggi yillarda Xokaydo orolidagi Meakan tog`i etagida nabiralari bilan istiqomat qilib kelayotgan edi. Nonaka gazeta o`qish, sumo mashg`ulotlari bilan muntazam shug`ullanib kelgan. Endilikda dunyodagi eng keksa erkak maqomi 1905 yil 15 oktyabrda tug`ilgan germaniyalik Gustav Gernetga o`tadi.






