Joriy yilning 20 yanvar kuni noqulay ob-havo sharoiti tufayli Urganch xalqaro aeroporti vaqtincha yopilgan. Bu haqda "O`zbekiston yo`llari" MAKning matbuot xizmati xabar berdi.
Aeroport yopilishiga qor bo`roni va kuchli shamol sabab bo`lgan. Noqulay ob-havo sharoiti tufayli Reyslar olti soatga kechiktirilgan.
"Kompaniya texnik xavfsizlik talablariga ko`ra, yomon ob-havo sharoitida parvozlarni amalga oshirmaydi. Aeroport texnik ishlar yakunlanganidan so`ng o`z faoliyatini davom ettiradi", - deyilgan xabarda.
"O`zbekiston havo yo`llari" yo`lovchilardan vaqtincha noqulaylik uchun uzr so`ragan.






