Samarqand viloyatida bir guruh shaxslar tomonidan «OLTINYUL.UZ» va «E-SUM.UZ» veb-saytlari orqali fuqarolarni mulkiy manfaatga qiziqtirib, «Moliyaviy piramida» loyihasi tuzilgan.
"Shu asosda 8 200 nafardan ziyod fuqarondan jami 450 mln. so`mdan ortiq pul mablag`lari yig`ilib, ushbu guruh tomonidan o`zlashtirilgan", - deyilgan IIV xabarida.
Holat yuzasidan IIV huzuridagi Tergov departamenti tomonidan N.R. va uning sheriklariga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 1881-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atildi.






