AsosiyDunyo

Ota-onasi bilan sudlashgan mashhurlar

'Ota-onasi bilan sudlashgan mashhurlar 'ning rasmi

Mashhurlikni ushlab turish uchun ba`zida yulduzlar o`z ota-onalari bilan ham sudlashishlariga to`g`ri keladi, deb xabar qildi RIA Novosti nashri.

Beyonse

2011 yili qo`shiqchi Beyonse millionlab gonorarlarini o`zlashtirgani uchun otasini sudga bergan.

Eminem

Reper Eminem o`z onasi Debbi Metersni o`z qo`shiqlarida giyohvand va piyonistalikda ayblagan. 2008 yili Debbi o`g`lini tuhmatga ayblab sudga beradi.

Dryu Berrimor

Dryu onasi tufayli katta kinoga kirib kelgan bo`lsa-da, aynan onasining sharofati bilan chekishni, ichishni boshlaganini ko`p bora ta`kidlagan.

O`z joniga ikkinchi marta qasd qilganidan so`ng Dryu onasini sudga bergan.

Makoley Kalkin

“Uyda yolg`iz” filmining yulduzi Makoley Kalkin o`z ota-onasi bilan filmlaridan olgan gonorarlarini tufayli ko`p bora ixtilofga borgan. 1998 yili balog`at yoshiga etgan Makoley o`z ota-onasini sudga beradi.

    Boshqa yangiliklar