AsosiyJinoyat

​Soxta muhrdan foydalanib, taksopark avtomashinasini sotib yuborgan shaxs qo`lga olindi

'​Soxta muhrdan foydalanib, taksopark avtomashinasini sotib yuborgan shaxs qo`lga olindi'ning rasmi

2018 yil 27 noyabr kuni Toshkent shahrining Chilonzor tuman IIBga tushgan hujjatlarga ko`ra, 2018 yil 7 noyabr kuni Qirg`iziston Respublikasi fuqarosi, O`sh viloyati O`zgan tumanida yashovchi X.Z. "Transfer taxi" MChJ bilan tuzilgan ijara shartnomasiga asosan boshqaruv uchun olgan “Malibu” rusumli avtomashinani shartnomaga xilof ravishda sotish maqsadida "Transfer taxi"” MChJ nomidan soxta muhr yordamida qilingan hujjatlarni Davlat notarial idorasiga taqdim etish orqali avtomashinani 30 000 AQSh dollariga sotib yuborgan.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

O`zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berishicha, ko`rilgan choralar natijasida X.Z. qo`lga olindi.

Tergov harakatlari davom etmoqda.

    Boshqa yangiliklar