AsosiyJamiyat

Qo`qonda uch egizak dunyoga keldi, ularga Prezident sovg`asi topshirildi (foto)

'Qo`qonda uch egizak dunyoga keldi, ularga Prezident sovg`asi topshirildi (foto)'ning rasmi

Farg`ona viloyati, Qo`qon shahrida Jasurbek va Muslimaxon Mamatqulovlar oilasida uch egizak dunyoga keldi. Yosh oila farzandlariga Shavkat, Miromon va Mirziyo deb ism qo`ydilar.

Chaqaloqlarning otasi — Jasurbek Mamatqulov tadbirkor, onasi — uy bekasi.

— 2018 yil 22 dekabr kuni Quqonda yaxshi xushxabar tarqaldi. Mamatqulovlar oilasida uch egizak dunyoga keldi. Biz ularning holidan xabar olib turibmiz. Mahalla hamshirasi ham har kuni yangi tug`ilgan bolalardan xabar olmoqda, - dedi mahalla vakillaridan X.Xolbekova.

Hammadan ham chaqqaloqlarning bobo-buvisini xursandchiligi cheksiz.

— Yangi yil arafasida Yaratganning O`zi bizni uchta pahlavon bilan mukofotladi. Ilohim navaralarimiz sog`lom, aqlli, baxtli bo`lishsin va Yurtboshimizdek bo`lishlarini istab, Shavkat, Miromon, Mirziyo deb ism qo`ydik, - deb quvonchini yashira olmadi Jasurbekning onasi Nigora opa.

Facebook‘da chaqaloqlarning qarindoshlarining aytishicha, egizaklarga Prezident sovg`asi — avtomobil sovg`a qilingan. Ushbu quvonchli xabarni chaqaloqlarning xolasi Xurshida Ustajalilova ijtimoiy tarmoqda ma`lum qilgan", - deyiladi "Ferganskaya pravda" nashri xabarida.

Boshqa yangiliklar