Samarqand viloyati hokimligida bugun o`tkazilgan yig`ilishda Karimov Zafar Nurullaevich Samarqand viloyati xalq ta`limi boshqarmasi boshlig`i sifatida tanishtirildi. Bu haqda hokimlik matbuot xizmati xabar berdi.
O`zbekiston Respublikasi xalq ta`limi vazirining 2019 yil 16 yanvardagi buyrug`i bilan viloyat boshqarmasiga rahbar etib tayinlangan Z.Nurullaev shu paytgacha “Savdogarbank” Samarqand viloyat filiali boshlig`i vazifasida faoliyat ko`rsatgan.
Samarqand viloyati xalq ta`lim boshqarmasiga shu paytgacha Rustam Yuldashev rahbarlik qilib qilayotgan edi.






