AsosiySiyosat

Abdulaziz Komilov O`mon Sultonligining Favqulodda va Muxtor Elchisini qabul qildi

'Abdulaziz Komilov O`mon Sultonligining Favqulodda va Muxtor Elchisini qabul qildi'ning rasmi

Bugun, 16 yanvar kuni O`zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov O`mon Sultonligining Favqulodda va Muxtor Elchisi etib tayinlangan Ahmad bin Said bin Umar al-Kasiriyni qabul qildi.

Ishonch yorliqlari nusxasini qabul qila turib, Vazir Elchisi iliq qarshi oldi, O`zbekiston va O`mon o`rtasidagi munosabatlarni mustahkamlash borasidagi ishiga muvaffaqiyat tiladi.

Suhbat davomida o`tgan yilning sentyabr oyida Maskat shahrida mamlakatimiz Elchixonasi ochilishi O`zbekiston – O`mon muloqotiga tizimlilik va o`suvchanlik tusini berish imkonini yaratishiga ishonch bildirildi.

Uchrashuvda siyosiy, savdo-iqtisodiy, investision, madaniy-gumanitar va boshqa jabhalardagi hamkorlikning istiqbollari hamda 2019-yildagi qo`shma tadbirlarning jadvali va kun tartibi borasida fikr almashildi.

    Boshqa yangiliklar