Evropaning bir qator hududlarida kuzatilayotgan kuchli qor bo`roni ketma-ket talofatlar keltirishda davom etmoqda, deb xabar qildi RIA novosti nashri.
Tabiiy ofat, deya ta`kidlanayotgan qor bo`roni Bosniyada YTH sodir bo`lishiga olib keldi. Natijada 3 kishi hayotdan ko`z yumgan bo`lsa, yana 17 nafar inson jarohat oldi. Serbiyada ham qor bo`roni tufayli favqulodda holat joriy qilindi. Germaniyaning ayrim joylarida esa qor odamlarning uylariga qadar kirib borgan.
Bavariyadagi mehmonxona qor ostida qoldi. Harbiylar bu erdan odamlarni evakuasiya qilishga muvaffaq bo`lishgan. Germaniya hukumati yo`llarni qordan tozalash uchun harbiy texnikalardan foydalanmoqda. Ma`lumotlarga ko`ra, endilikda sovuq siklon Bolqon hamda Gresiyaga kirib boradi.






