AsosiyDunyo

Oq uy: Ivanka Tramp nomzodi Jahon banki prezidentligiga da`vogar sifatida qaralayotgani yo`q

'Oq uy: Ivanka Tramp nomzodi Jahon banki prezidentligiga da`vogar sifatida qaralayotgani yo`q'ning rasmi

Oq uy ma`muriyatining xabariga ko`ra, AQSh Prezidentining qizi Ivanka Tramp Jahon banki prezidentligiga nomzod sifatida qaralmayapti.

Qayd etilishicha, AQSh moliya vaziri Stiven Mnuchin hamda Oq uy ma`muriyati rahbari vazifasini vaqtincha bajaruvchi Mayk Malveni Jahon Banki prezidentligiga nomzodlarni tanlashda Ivanka Trampdan yordam berishini so`rab qilgan murojaati ana shunday asossiz xabarlarning tarqalishiga sabab bo`lgan.

Jahon bankining amaldagi rahbari Jim Yon Kim joriy yilning 1 fevralida o`z lavozimini tark etadi.

Bundan oldinroq Britaniyaning “Financial Times” nashri Jahon banki prezidentligiga da`vogar sifatida qaralayotgan bir qator nomzodlar nomini ma`lum qilgandi. Ular orasida mamlakat moliya vazirining xalqaro ishlar bo`yicha o`rinbosari Devid Melpas, mamlakatning BMTdagi sobiq doimiy vakili Nikki Xeyli, Xalqaro taraqqiyot agentligi rahbari Mark Grin hamda Ivanka Tramp nomlari qayd etilgandi.

    Boshqa yangiliklar