AsosiyDunyo

Serbiyada norozilik namoyishlari davom etmoqda

'Serbiyada norozilik namoyishlari davom etmoqda 'ning rasmi

Serbiyada hukumatga qarshi norozilik namoyishlari oltinchi haftada ham davom etmoqda, deya xabar qilmoqda RIA Novosti nashri.

Poytaxt Belgrad ko`chalarida sariq nimcha kiyib, turli aksiyalar o`tkazayotgan serbiyaliklar mamlakatda olib borilayotgan siyosatdan norozi ekanliklarini ta`kidlashmoqda. Ular ommaviy axborot erkinligi, muxolifat hamda jurnalistlarga qarshi hujumlarga chek qo`yilishini va Kosova bilan diplomatik aloqalarda shaffoflikni talab qilishmoqda. Hukumat esa bu vaziyatni tezroq bartaraf etishga urinmoqda. Sababi, 17 yanvar kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin rasmiy tashrif bilan Serbiyaga keladi.

    Boshqa yangiliklar