2019 yil 12 yanvar kuni Qashqadaryo viloyatining Koson tumani Maydayobu mahallasida yashovchi 17 yoshli X.A. birga yashovchi bobosi Y.A.ga tegishli, IIB ro`yxatida bo`lgan ov miltig`ini xech kimga bildirmasdan uyidan olib chiqib ketgan.
O`zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko`ra, natijada X.A. mahallasi hududidagi dala maydonida ov qilmoqchi bo`lib, o`qni almashtirayotgan vaqtida ehtiyotsizligi oqibatida miltiq otilib, o`q o`ng oyoq tizza qismiga tegib, jarohat bilan kasalxonaga yotqizilgan.
Holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.






