AsosiyJamiyat

Pavlodarda 55 o`zbekistonlik bilan ketayotgan avtobus buzilib qoldi

'Pavlodarda 55 o`zbekistonlik bilan ketayotgan avtobus buzilib qoldi'ning rasmi

Qozog`istonning Pavlodar viloyati Aksu tumanida O`zbekistonning 55 nafar fuqarosini olib ketayotgan avtobus buzilib qolgan. Bu haqda zakon.kz nashri xabar berdi.

Ushbu voqea 12 yanvar kuni Toshkentdan Krasnoyarskka yo`l olgan Van Hool rusumli avtobus soat taxminan 14.09 da "Pavlodar-Ostona" avtomobil yo`lidagi Kalmakan qishlog`idan 30 km uzoqlikda yuz bergan.

Qisqa muddat ichida Pavlodar Favqulodda vaziyatlar departamenti sovqotgan yo`lovchilarni voqea joyiga yaqin bo`lgan maktab binosiga joylashtirishgan va yo`lovchilarga kerakli yordam ko`rsatilgan.

Avtobusni ta`mirlash uchun Pavlodar shahriga olib borishadi.

O`zbekiston fuqarolari avtobus yaxshi holga kelguncha iliq xona, oziq-ovqat va yashash sharoiti bilan ta`minlandi.


    Boshqa yangiliklar