AsosiySport

Osiyo Kubogi. O`zbekiston terma jamoasi Turkmanistonni yirik hisobda engdi

'Osiyo Kubogi. O`zbekiston terma jamoasi Turkmanistonni yirik hisobda engdi'ning rasmi

Osiyo kubogi-2019 guruh bosqichi 2-turi doirasida Ektor Kuper ustozligidagi O`zbekiston milliy terma jamoasi yon qo`shnimiz – Turkmanistonga qarshi bahs yuritdi.

Qiziqarli va tomoshabop tarzda kechgan bellashuvda vakillarimiz to`liq tashabbusga ega bo`lishdi va raqib darvozasini javobsiz 4 marta ishg`ol etishga muvaffaq bo`lishdi. Dastlab 17-daqiqada Javohir Sidiqov raqib darvozasini ishg`ol etgan bo`lsa, Jaloliddin Masharipov 40-daqiqada o`zini ko`rsatishga muvaffaq bo`ldi. Eldor Shomurodov esa 24- va 42-daqiqalarda gol kiritib, dubl qayd etishga erishdi.

Mazkur hisob o`yin yakunigacha saqlanib qoldi va natijada O`zbekiston milliy terma jamoasi keyingi bosqich masalasini muddatidan oldin hal etdi.

Osiyo Kubogi-2019.

"F" guruhi, 2-tur.

Turkmaniston - O`zbekiston 0:4

Gollar: Javohir Sidiqov 17, - 1:0. Eldor Shomurodov 24, - 2:0. Jaloliddin Masharipov 40, - 3:0. Eldor Shomurodov 42, - 4:0.

Turkmaniston: Mamed Orazmuhamedov, Zafar Babajanov, Mekan Saparov, Ilyasov Vezirgeldi, Gurbangeldi Botirov, Arslanmurat Amanov (Mixail Titov, 65), Ruslan Mingazov, Vohit Orazsahedov (Altimurat Annadurdiev, 45), Serdar Annaorazov, Ahmet Ataev (Murat Annaev, 44), Resul Hojaev.


O`zbekiston: Ignatiy Nesterov, Akmal Shorahmedov (Davron Xoshimov, 45), Anzur Ismoilov, Odil Ahmedov (Fozil Musaev, 76), Jaloliddin Masharipov, Oleg Zoteev, Eldor Shomurodov, Dostonbek Hamdamov, Otabek Shukurov, Islom To`xtaho`jaev, Javohir Sidiqov (Ikromjon Aliboev, 68).

Ogohlantirish: Anzur Ismoilov (71).

    Boshqa yangiliklar