AsosiyJamiyat

Ra`no Shodieva oyog`ida san`at yaratayotgan rassom qiznikida mehmon bo`ldi

'Ra`no Shodieva oyog`ida san`at yaratayotgan rassom qiznikida mehmon bo`ldi'ning rasmi

Samarqand viloyati Payariq tumanidagi Birlashuv mahallasida yashovchi 18 yoshli Zuhra Usmonova oyog`ida rasm chizadi.

O`zbekiston yoshlar ittifoqi qoshida tashkil etilgan “Imkoniyati cheklangan yoshlar va bolalar markazi" rahbari, O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artist Ra`no Shodieva yosh rassom xonadonida bo`ldi. Bu haqda "Zarnews.uz" nashri xabar berdi.

Imkoniyati cheklangan bolalar doimiy parvarish va e`tiborga muhtoj, - deydi Ra`no Shodieva. - Ammo ularning iqtidorlarini doimiy qo`llab-quvvatlash kerak. Bu yo`lda markaz tizimli ishlarni olib boryapti.

Zuhraning hozirgacha 50 ga yaqin natyurmort, portret, erkin ijodiy asarlari bor. Markaz rahbari yana ko`plab imkoniyati cheklangan payariqlik yoshlar xonadonida bo`lib, ular bilan ham dildan suhbatlashdi.

    Boshqa yangiliklar