AsosiySport

O`zbekiston - Turkmaniston o`yiniga kim hakamlik qilishi ma`lum bo`ldi

'O`zbekiston - Turkmaniston o`yiniga kim hakamlik qilishi ma`lum bo`ldi 'ning rasmi

13 yanvar kuni bo`lib o`tadigan Osiyo Kubogidan o`rin olgan Turkmaniston — O`zbekiston uchrashuvini BAAlik hakamlar guruhi boshqarib boradi. Bu haqda O`FA matbuot xizmati xabar berdi.

Bosh hakam — Ammor Al-Junaybiy. Yordamchilar — Muhammad Al-Hammadiy, Hasan Al-Mahriy.

Darvoza ortidagi hakamlar — Muhammad Abdulla Muhammad, Turkiy Al-Xudoyor (S.Arabistoni). Zaxiradagi hakam — Muhammad Al-Bakriy (S.Arabistoni).

Eslatib o`tamiz, 9 yanvar kuni O`zbekiston – Ummon o`yini 2:1 natija bilan yakunlandi. O`zbekiston bilan bir guruhda Ummon, Turkmaniston va Yaponiya jamoalari ishtirok etmoqda.

    Boshqa yangiliklar