AsosiyJamiyat

Sudyalarning pensiya ta`minoti shartlari belgilandi

'Sudyalarning pensiya ta`minoti shartlari belgilandi'ning rasmi

Hukumat qarori bilan Sudyalar va ularning oila a`zolari pensiya ta`minoti shartlari, me`yorlari hamda tartibi to`g`risidagi nizom tasdiqlandi. Bu haqda "Huquqiy axborot" telegram-kanali xabar berdi.

Nizomga muvofiq, pensiya ta`minoti Konstitusiyaviy sud, sudlar faoliyatini ta`minlash departamenti tomonidan amalga oshiriladi.

Pensiya tayinlashni so`rab pensiya olish huquqi paydo bo`lgan kundan boshlab istalgan vaqtda, biror muddat bilan cheklanmagan holda murojaat etish mumkin.

Yoshga doir pensiya tayinlash to`g`risidagi arizaga quyidagilar ilova qilinadi:

  • pasport nusxasi;
  • sudya lavozimidagi ish stajini tasdiqlaydigan hujjat;
  • ish davrni tasdiqlaydigan hujjat;
  • ish haqi to`g`risidagi ma`lumotnoma.

Nogironlik pensiyasini tayinlash to`g`risidagi arizaga tibbiy-mehnat ekspert komissiyasining nogironlik to`g`risidagi ma`lumotnomasi hamda baxtsiz xodisa va sog`liqning boshqacha tarzda shikastlanishi to`g`risidagi dalolatnoma ham ilova qilinadi.

Sudya lavozimida pensiya olish huquqini beradigan ish stajiga quyidagi davrlar kiradi:

  • sudya Prezident yoki Hukumat qarorlari bilan tayinlangan lavozimlarda bo`lgan davr;
  • sudya Qonunchilik palatasi yoki Senat a`zosi etib saylangan davr;
  • harbiy xizmatchilar, ichki ishlar idoralari boshliqlar va oddiy xodimlar tarkibidan bo`lgan shaxslarning yuridik ixtisoslik bo`yicha xizmat davri, shuningdek prokuratura idoralarida darajali unvonlarga ega xodimlarning ishlagan davri.

Pensiyani hisoblash uchun pensiyalarning quyidagi bazaviy miqdorlari belgilanadi:

  • yoshga doir pensiyalar yoki umumiy kasallik oqibatida hamda mehnatda mayiblanish oqibatida I va II guruh nogironligi pensiyasi uchun – pesiyani hisoblash uchun qabul qilinadigan o`rtacha oylik ish haqining 55 foizi;
  • boquvchisini yo`qotganlik pensiyasi uchun oilaning har bir mehnatga layoqatsiz a`zosiga – pesiyani hisoblash uchun qabul qilinadigan o`rtacha oylik ish haqining 30 foizi miqdorda;
  • mehnatda mayiblanish natijasida vafot etgan boquvchisini yo`qotganlik pensiyasi uchun oilaning har bir mehnatga layoqatsiz a`zosiga – pesiyani hisoblash uchun qabul qilinadigan o`rtacha oylik ish haqining 40 foizimiqdorida.

Alohida toifadagi shaxslarga quyidagi miqdorlarda pensiyaga ustama haqlar belgilanadi:

  • I guruh urush nogironlariga – eng kam oylik ish haqining 150 foizi;
  • II guruh urush nogironlariga – eng kam oylik ish haqining 125 foizi;
  • ko`rish bo`yicha I guruh nogironlariga – eng kam oylik ish haqining 100 foizi;
  • I guruh nogironlariga – eng kam oylik ish haqining 75 foizi;
  • II guruh nogironlariga, urush qatnashchilariga va ularga tenglashtirilgan shaxslarga – eng kam oylik ish haqining 50 foizi;
  • o`limi xizmat vazifalarini bajarish bilan bog`liq sudyalarning ota-onalariga va yangi nikohga kirmagan beva xotinlariga (beva erlariga) – eng kam oylik ish haqining – 30 foizi;
  • O`zbekiston oldida alohida xizmatlarga ega bo`lgan shaxslarga – xizmatlarga qarab eng kam oylik ish haqining 100 foizidan 150 foizigacha.

    Boshqa yangiliklar