AsosiyJamiyat

Mamlakatimizda Urbanizasiya agentligi tashkil etiladi

'Mamlakatimizda Urbanizasiya agentligi tashkil etiladi'ning rasmi

Prezidentimizning 2019 yil 10 yanvardagi “Urbanizasiya jarayonlarini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida” gi farmonida bu borada atroflicha bayon qilindi. Mazkur hujjatda O`zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzurida tashkil etiladigan yangi agentlikka bir qator vazifalar belgilandi.

Jumladan, agentlik mamlakatimizda urbanizasiya sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshiradi. Sanoatlashtirish siyosatining sur`atlari, bosqichlari va natijalarini uzoq muddatli rejalashtirish, shahar va qishloqlardagi uzoq muddatli demografik tendensiyalarni tahlil qilish, jadal sanoatlashtirish sharoitida shaharlarning demografik sig`imlari hamda ishchi kuchiga bo`lgan ehtiyojlarini hisoblaydi.

Shuningdek, “o`sish polyuslari”ni aniqlash, boshqaruv markazlari joylarini tanlash, ta`lim, mehnat bozorini shakllantirish, ichki va tashqi migrasiya sohalaridagi siyosatni kelishish ham agentlikning asosiy vazifalari etib belgilandi.

Agentlik tomonidan qishloq aholisini yangi sanoat ixtisosliklariga o`qitish va qayta tayyorlashga qaratilgan qator institusional va tashkiliy chora-tadbirlarni belgilashni nazarda tutuvchi, ishchi kuchining qishloqlardan shaharlarga harakatlanishini rag`batlantirish bo`yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqiladi. Kelgusida mamlakatimizda ilg`or, energiya tejovchi, ekologik toza texnologiyalar va materiallarni joriy etgan holda yo`ldosh-shaharlar bunyod etilishini hisobga olib, shahar aglomerasiyalarini shakllantirishni boshqaradi. Bu jarayonlarda ijtimoiy, muhandislik-kommunal va yo`l-transport infratuzilmalari ham qamrab olingan.

Urbanizasiya agentligi jahon amaliyotini hisobga olgan holda shahar aholisini joylashtirish tizimini kompleks rivojlantirishni tartibga solish, kichik, o`rta, katta va yirik shaharlarning samarali nisbatini shakllantiradi.

    Boshqa yangiliklar