Avstriyada kuchli qor bo`roni tufayli qurbonlar soni ortib bormoqda, deya ma`lum qilmoqda TASS nashri.
Mahalliy ommaviy axborot vositalarining tarqatgan xabarlariga ko`ra, yana 3 kishi halok bo`ldi. Ular orasida 16 yoshli o`spirin ham bor. Quqtaruvchilar 4 kishining hayotini saqlab qolishga muvaffaq bo`lishdi. Deyarli 2 sutka davomida qorning qalinligi 1,5 metrga etgan. Ayrim hududlar tashqi dunyodan butunlay uzilib qoldi. Minglab xonadonlar esa elektr energiyasisiz qolgan. Meteorologiya xizmati bergan ma`lumotlarga ko`ra, kelgusi haftada ham kuchli qor yog`ishi kutilmoqda.






