AQShning Texas shtatida poezd ishtirokida to`qnashuv sodir bo`ldi, deb xabar qildi Segodnya nashri.
Gap shundaki, yuk tashuvchi poezdning bir nechta vagoni relsdan chiqib ketib, temiryo`lga yaqin bo`lgan aholi istiqomat qiluvchi uylarga borib urilgan. Natijada esa uylarning tom va devor qismlariga zarar etgan. Bu vaqtda poezdda yukning yo`qligi esa talofatlarning nisbatan kamroq bo`lishiga sabab bo`lgan. Voqea tufayli jabrlanganlar hamda qurbonlar yo`q.






