Suriyada ilk bora erkaklar futbol jamoasiga ayol murabbiy boshchilik qilmoqda, deya xabar qildi TASS nashri.
Mamlakat futbol tarixida birinchi bora ayol kishi murrabiy etib saylandi. Maha Jannud avval ayollar jamoasida o`ynagan. Shundan so`ng murrabiy bo`lishga qaror qilgan. Hozirda u “Al-Muxafza” klubining bosh murrabiyi bo`lib, futbolchilar uning qo`l ostida mashg`ulot o`tkazayotganlaridan norozi emas. Maha Jannudning so`zlariga ko`ra, oldinda rejalari ko`p bo`lib, o`z jamoasini dunyoning eng zo`r futbol klubiga aylantirish uning asosiy maqsadi.






