Yamanning Laxj viloyatida harbiy parad vaqtida masofadan turib boshqarilgan dron portlatib yuborildi, deb xabar berdi Trendymen nashri.
Hodisa natijasida kamida 6 kishi qurbon bo`lgani xabar qilinmoqda. Shuningdek, viloyat hokimi ham tan jarohati olgan. Dronga portlovchi moddalar o`rnatilgan bo`lib, qurilma parad o`tkazilayotgan yopiq bazada harakatga keltirilgan. Voqeaning qolgan tafsilotlari hozircha noma`lum.






