Avtomobil ishlab chiqaruvchi jaguar Land Rover kompaniyasi Buyuk Britaniyadagi korxonalarida ish o`rinlarini 5 mingtaga qisqartirishni rejalashtirmoqda, deb xabar bermoqda Segodnya nashri.
Kompaniya ma`muriyatining bu qarorga kelishiga sabab esa Britaniya avtomobil bozorlarida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarga bo`lgan talabning keskin tushib ketishidir. Jaguar Land Rover tomonidan ishlab chiqarilayotgan avtomobillar savdosining pasayishiga yana bir sabab esa Evropaning bir qator mamlakatlarida, xususan, Fransiya,Germaniya kabi davlatlarda dizel yordamida harakatlanadigan transport vositalaridan voz kechilayotganidir. Xodimlarni qisqartirish bilan birga, kompaniya o`z xarajatlarini 2,5 milliard funt sterlingga kamaytirmoqda.






