Italiya shimolidagi tog`li hududda noodatiy musiqa festivali bo`lib o`tdi, deya xabar berdi Bbc.com nashri.
Dengiz sathidan 2600 metr balandlikda g`orda tashkil etilgan konsert dasturida barcha musiqa asboblari muzdan yasalgan. Tim Linxart boshchiligidagi konsertni tinglab, tomosha qilish uchun 200 dan ortiq mehmonlar yig`ilishgan. Tim Linxartning ta`kidlashicha, bu erda 16 ta musiqiy asbob bo`lib, ularni yaratishga 3 oy vaqt ketgan. G`or ichidagi harorat sovuq bo`lishiga qaramay, odamlar yoqimli musiqa tinglashdan voz kechishmayapti.






