O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev Bosh vazir o`rinbosari Aziz Abduhakimovni Samarqand shahrida ochilgan «Ipak yo`li» Xalqaro turizm universiteti rektori etib tayinladi.
Aziz Abduhakimov 2014 yilning yozidan Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligini boshqargan. Undan avvalroq Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo`mitasi raisi lavozimida faoliyat olib borgan.
U 2017 yilning avgust oyidan Turizmni rivojlantirish davlat qo`mitasi raisi lavozimida ishlagan. 2018 yilning may oyida Aziz Abduhakimov O`zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o`rinbosari – Turizm, ta`lim, sog`liqni saqlash, jismoniy tarbiya va sport masalalari kompleksi rahbari lavozimiga tayinlangan va ayni damda shu yo`nalishdagi faoliyatini davom ettirmoqda.
Samarqand shahridagi «Ipak yo`li» Xalqaro turizm universiteti faoliyati O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 28 iyundagi 3815-sonli qarori asosida yo`lga qo`yilgan.






