Bir qator san`atkorlarimiz Birlashgan Arab Amirlikalarida bo`lib o`tayotgan futbol bo`yicha Osiyo kubogida terma jamoamizni tribunadan qo`llab-quvvatlash uchun bordilar, deb yozmoqda "Kunutun" nashri.
Taniqli shoumenlardan Dilshod Mirzamurotov, Xalimaxon, xonandalar Jahongir Poziljonov, Nilufar Usmonovalar futbol bo`yicha terma jamoamizni Ummon bilan bo`lib o`tgan o`yinda qo`llab-quvvatlash maqsadida o`yin o`tkazilayotgan stadionga tashrif buyurdilar.



Kecha futbol bo`yicha Osiyo kubogining guruh bahslarida O`zbekiston terma jamoasi ilk uchrashuvini o`tkazdi va 2:1 hisob bilan g`alaba qozondi.
Taniqlilarimiz ularni qanday olqishlaganliklarini bu videoda ko`rishingiz mumkin.






