Qirg`iziston poytaxti Bishkek shahrida faoliyat yuritayotgan Chingiz Aytmatov nomidagi xalqaro akademiya har to`rt yilda bir marta adabiyot, madaniyat va ilm-fan sohasida yuksak natijalarga erishgan ijodkorlarga o`z mukofotlarini taqdim etadi, deb xabar berdi O`zA.
Bu yilgi tanlov natijalariga ko`ra, «Jahon adabiyoti» jurnali bosh muharriri, «Chingiz Aytmatov va O`zbekiston» doimiy ekspozisiyasi rahbari Ahmadjon Meliboevga akademik unvoni berildi. Shuningdek, O`zbekiston xalq artisti Mirza Azizov ham adabiyot va san`at yo`nalishida laureatlik mukofoti bilan taqdirlandi.






