"Xufiyona iqtisodiyot"ga qarshi kurashish, bozorda narx-navoning asossiz o`sib ketishining oldini olish, valyuta qimmatliklarining noqonuniy muomalasi bilan bog`liq holatlarni aniqlash va bartaraf etish borasida Xorazm viloyatida samarali ishlar olib borildi.
Jumladan, 2018 yil davomida O`zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Xorazm viloyati boshqarmasi tomonidan sohaga doir 463 huquqbuzarlik aniqlandi. Tadbirkorlik sub`ektlarining huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan 35 jinoyat, korrupsiya ko`rinishlariga qarshi 94 jinoyat fosh etildi. Shuningdek, 729 tadbirkorlik sub`ektiga huquqiy va amaliy yordam ko`rsatilishi natijasida 750 ta yangi ish o`rni yaratildi.
Bu haqda O`zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Xorazm viloyati boshqarmasi tomonidan tashkil etilgan "Soliq sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar jarayonida departament organlarning vazifalari" mavzusida davra suhbati aytib o`tildi.






