AsosiyJamiyat

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi tashkil etildi

'Iqtisodiyot va sanoat vazirligi tashkil etildi'ning rasmi

Iqtisodiy rivojlanish sohasida davlat siyosatini amalga oshirish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risidagi Prezident Farmoni qabul qilindi.

Farmonga muvofiq, Iqtisodiyot vazirligi Iqtisodiyot va sanoat vazirligietib qayta tashkil etildi.

Xususiy tadbirkorlikni rag`batlantirish, ishbilarmonlik muhitini yaxshilash va “xufyona” iqtisodiyotni qisqartirish vazirlikning asosiy vazifasi etib belgilandi.

Shuningdek, vazirlik mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy va industrial rivojlantirish sohasida davlat siyosatini, shuningdek investisiya siyosatining strategiyasini ishlab chiqish va amalga oshirish bo`yicha vakolatli organ etib belgilandi.

Endilikda, barcha normativ-huquqiy hujjat loyihalarini Iqtisodiyot va sanoat vazirligi bilan kelishish hujjat Adliya vazirligiga huquqiy ekspertizadan o`tkazish uchun kiritishdan oldin amalga oshiriladi.

Kichik sanoat zonalari hududida qiymati 7 mln AQSh dollaridan yuqori bo`lgan investisiya loyihalarini amalga oshirish bo`yicha qarorlar vazirlik bilan kelishiladi.

Vazirlik 2019 yil 1 iyungacha O`zbekiston Respublikasini 2030 yilgacha ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish Konsepsiyasi loyihasini ishlab chiqadi.

Shuningdek, Farmon bilan Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti tarkibida Xodimlarning malakasini oshirish o`quv markazi tashkil etildi.

Kichik sanoat zonalari ishtirokchilari uchun imtiyoz va preferensiyalar amaldagi ishtirokchilar uchun 2020 yil 1 yanvargacha saqlab qolgan holda bekor qilindi.

Shuningdek, kichik sanoat zonalari ishtirokchilari uchun quyidagi huquqlar berildi:

  • bino va inshootlarga mulk huquqini rasmiylashtirish;
  • investisiya va ijtimoiy majburiyatlarni to`liq bajargan taqdirda o`zlariga berilgan binolar va inshootlarni xususiylashtirish;
  • rekonstruksiya qilish yoki kapital ta`mirlashni o`z mablag`idan amalga oshirgan taqdirda, binolar va inshootlarni xususiylashtirish.

    Boshqa yangiliklar