AsosiyIqtisodiyot

Markaziy bank 100 ming so`mlik banknotning muomalaga chiqarilishini tasdiqladi

'Markaziy bank 100 ming so`mlik banknotning muomalaga chiqarilishini tasdiqladi'ning rasmi

Kecha, 10 yanvar kuni qator xorijiy internet nashrlarda O`zbekiston Markaziy banki yaqin vaqt ichida 100 ming so`mlik yangi banknotlarni muomalaga chiqarishi haqidagi xabarlar chop etildi.

«Daryo» Markaziy bank matbuot xizmati bilan bog`lanib, ushbu ma`lumotga oydinlik kiritdi.

Markaziy bank matbuot xizmati vakilining so`zlariga ko`ra, yangi banknotlarning chiqarilishi bo`yicha texnik tayyorgarlik boshlangan. Biroq, banknota muomalaga chiqishi bo`yicha aniq sana belgilanmagan.

    Boshqa yangiliklar