Jizzax viloyatini kompleks rivojlantirishni davlat tomonidan tartibga solish va boshqarishning samarali modelini ishlab chiqish to`g`risidagi Prezident Farmoni qabul qilindi. Bu xaqda Adliya vazirligining "Huquqiy axborot" kanali xabar berdi.
Farmonga muvofiq, 2019 yil 1 martdan Jizzax viloyatida “Ilg`or hudud” sinov loyihasi amalga oshiriladi.
Loyihada quyidagilar nazarda tutiladi:
- hudud aholisining yashash sharoitlarini yaxshilash va daromadlarini oshirish;
- “Bir qishloq – bitta mahsulot” tamoyili bo`yicha talab yuqori bo`lgan tovarlarni ishlab chiqarish uchun shart-sharoitlarni yaratish;
- Jizzax viloyatida ishlab chiqariladigan mahsulot va xizmatlarning raqobatdoshligini oshirish.
Loyiha boshqaruvi milliy agentligi loyihani tizimli va samarali amalga oshirish uchun mas`uldir.
Agentlik tomonidan 2019 yil 1 martgacha Jizzax viloyatini rivojlantirish konsepsiyasi ishlab chiqiladi.
Konsepsiyada quyidagilar aks ettiriladi:
- turizm tarmog`ini, shu jumladan Zomin tumanida turizm klasterlarini tashkil etish;
- suv, gaz va elektr ta`minoti, kanalizasiya tarmoqlari, yo`l infratuzilmasi, Internet tarmog`ini rivojlantirish.






