AsosiySport

Olga Zabelinskaya Osiyo chempionatining oltin medalini qo`lga kiritdi

'Olga Zabelinskaya Osiyo chempionatining oltin medalini qo`lga kiritdi'ning rasmi

Indoneziyaning Jakarta shahrida velotrek bo`yicha Osiyo chempionati start oldi, deb xabar bermoqda Milliy olimpiya qo`mitasi.

Ushbu musobaqada O`zbekiston terma jamoasi a`zolari ham ishtirok etmoqdalar. Musobaqada yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Olga Zabelinskaya guruh poygalarida 70 ochko to`pladi va oltin medalni qo`lga kiritdi. Ikkinchi va uchinchi o`rinlar mos ravishda Xuan Ting Ing (Tayvan, 22 ochko) va Jan Ying (Xitoy, 15 ochko)ga nasib qildi.

Ma`lumot uchun, ushbu muvaffaqiyat Zabelinskayaga oltin medaldan tashqari, Tokio 2020 Olimpiadasi lisenziyasi uchun lozim bo`lgan qimmatli reyting ochkolarini ham taqdim etdi.

    Boshqa yangiliklar