AsosiyJamiyat

Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish tizimi tubdan takomillashtiriladi

'Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish tizimi tubdan takomillashtiriladi'ning rasmi

Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish tizimini tubdan takomillashtirish to`g`risidagi Prezident Farmoni qabul qilindi.

Farmonga muvofiq, jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish “shaxs – oila ‒ mahalla ‒ ta`lim muassasasi ‒ tashkilot ‒ jamiyat” prinsipi bo`yicha tizimli va uzviy tashkil etiladi.

Adliya vazirligi tomonidan 2020 yil 1 yanvargacha qonun hujjatlari ma`lumotlari milliy bazasi hamda qo`shimcha huquqiy ma`lumotlar etkazish tizimini o`z ichiga oladigan O`zbekiston Respublikasining milliy huquqiy internet portali, shuningdek 2019 yil 1 iyulgacha aholiga bepul maslahat berish portalini o`z ichiga olgan Advice.uz huquqiy axborot tizimi yaratiladi.

“Huquqiy targ`ibot ishlari a`lochisi” ko`krak nishoni ta`sis etilib, ko`krak nishoni bilan huquqiy madaniyatni yuksaltirishga hissa qo`shgan shaxslar taqdirlanadi.

    Boshqa yangiliklar