Turkiyada yuk tashuvchi samolyot qirg`oq yaqiniga qulab tushdi, deya ma`lum qildi Ntdtv.ru nashri.
“Volga-Balt-214” samolyoti bortida 13 nafar ekipaj a`zosi bo`lgan. Fojiadan so`ng sohil qo`riqlash xizmati 7 kishini qutqarishga muvaffaq bo`ldi. 6 nafar ekipaj a`zolari esa halok bo`lgan. Ular Ukraina va Ozarboyjon fuqarolari ekanligi xabar qilinmoqda. Qidiruv-qutqaruv operasiyasida 2 ta kema, samolyot hamda 2 ta vertolyot ishtirok etgan. Hodisaning boshqa tafsilotlari to`g`risida aniq ma`lumotlar yo`q.






