Rossiyaning bir qancha hududlarida kuchli qor bo`roni kuzatilmoqda, deb xabar berdi Trendymen nashri.
Samara, Saratov, Orenburg hamda Volga federal okrugida havo harorati 27-30 daraja sovuq ekanligi qayd etilgan. Tinimsiz qor yog`ishi esa yo`l transport hodisalarining ortib borishiga olib kelmoqda. Shuningdek, joylarda elektr tizimining uzilishi bilan bog`liq muammolar ham bor. Meteorologiya sohasi vakillari kelasi 2 sutka davomida harorat yana pasayishi kutilayotganini xabar qilishmoqda.






