Turkiyada Rossiyaning Turkiyadagi elchisi Andrey Karlov o`ldirilishi bo`yicha dastlabki sud jarayoni boshlandi, deya xabar berdi Bbc.com nashri.
Ayni vaqtda mazkur holat yuzasidan prokuratura 28 nafar gumondor nomini keltirgan. Ayblanuvchilar kursisida esa 18 kishi bor. Ulardan to`rt nafari Turkiyaning turli mintaqalaridagi qamoqxonalardan turib jonli translyasiya orqali sudda ishtirok etmoqda.
Eslatib o`tamiz, Andrey Karlov 2016 yil 19 dekabrda Anqaradagi fotoko`rgazma ochilishida otib o`ldirilgan edi. Hujum polisiya xodimi, tadbirda elchini qo`riqlash bilan shug`ullangan Mavlud Oltintosh tomonidan sodir etilgan. U keyinchalik huquq-tartibot idoralari xodimlari bilan otishmada yo`q qilingan.






