AsosiySport

O`zbekiston Osiyo kubogini qiyin g`alaba bilan boshladi

'O`zbekiston Osiyo kubogini qiyin g`alaba bilan boshladi'ning rasmi

O`zbekiston milliy terma jamoasi Osiyo Kubogi birinchi turidan o`rin olgan uchrashuvni g`alaba bilan boshladi. Vakillarimiz Ummonga qarshi o`yinda qiyinchilikka duch kelishdi.

Raqib Fors Ko`rfazi musobaqasida g`alaba qozongan kuchli jamoa ekanligini ham ta`kidlab o`tish kerak. Shunga qaramay, Odil Ahmedov 33-daqiqada jarimadan ajoyib zarba yo`llab, hisobni ochishga muvaffaq bo`ldi. Ikkinchi bo`limda Ummon hisobni tenglashtirdi. Muhsin Al-Hasaniy Nesterov bilan birga-bir vaziyatga chiqib, unumli foydalandi. Ammo zaxiradan maydonga tushgan Eldor Shomurodov 85-daqiqada terma jamoamizga g`alaba keltirgan golga mualliflik qildi.

Shu tariqa vakillarimiz dastlabki o`yinni g`alaba bilan boshlab, uch ochkoga ega bo`lishdi. Endi terma jamoamiz 13 yanvar kuni Turkmanistonga qarshi Dubay shahrida maydonga tushadi.

Osiyo Kubogi-2019.

"F" guruhi, 1-tur.

O`zbekiston - Ummon 2:1

«Sharja» o`yingohi

Hakam: Kim Dong Jin (Janubiy Koreya).

Gollar: Odil Axmedov 33, - 1:0. Muxsin Al Hassaniy 78, - 1:1. Eldor Shomurodov 85, - 2:1.

O`zbekiston: 1.Ignatiy Nesterov 2.Akmal Shoraxmedov, 15.Egor Krimes, 5.Anzur Ismoilov, 13.Oleg Zoteev 9.Odil Ahmedov, 19.Otabek Shukurov 7.Sardor Rashidov (17.Dostonbek Hamdamov, 59), 22.Javohir Sidiqov, 11.Jaloliddin Masharipov (8.Ikrom Aliboev, 79) - 10.Marat Bikmaev (14.Eldor Shomurodov, 82).

Zaxiradagilar: 21.Utkir Yusupov, 12.Sanjar Kuvvatov, 3.Doston Tursunov, 20.Islom Tuxtaxujaev, 4.Farrux Sayfiev, 6.Davron Xashimov, 23.Odil Xamrobekov, 18.Fozil Musaev, 16.Aziz Turgunbaev.

Ummon: 18.Fayz Al Rushaydi - 11.Saad Al Muxayni, 13.Xalid Al Brayki,2.Muhammad Al Musallami, 17.Ali Al Busaydi - 12.Ahmad Kanu, 23.Xabib Al Sadi -15.Jamol Al Ahmadi (9.Muhammad Al Hassaniy, 88), 10.Muxsin Al Xaldi, 6.Raed Solix - 7.Xalid Al Xajri (16.Muxsin Al Gassani, 67).

Zaxiradagilar: 1.Ammar Al Rushaydi, 22.Ahmad Al Ravohiy, 19.Maxmud Al Mushayfri, 3.Muhammad Faraj, 5.Muhammad Al Shiba, 20.Saloh Al Yahyoi, 21.Mataz Solih, 14.Ali Al Jabri, 8.Yosin Al Sheyadi, 4.Muhammad Hasib.

Ogohlantirish: Jaloliddin Masharipov 29, Ignatiy Nesterov 58.

Chetlatish: Egor Krimes 90+2.

    Boshqa yangiliklar