O`zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Samarqand viloyati boshqarmasi hamda Urgut tumani bo`limi xodimlari tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbirda fuqarolar O. va U.lar har bir AQSh dollarini 8400 so`mdan hisoblab, 10 ming 300 AQSh dollarni 86,5 million so`mga noqonuniy ravishda sotayotgan vaqtida ushlangan.
Ulardan 10 ming 841 AQSh dollari va 2,5 million so`m ashyoviy dalil sifatida olingan.
Bosh prokuratura matbuot xizmati xabariga ko`ra, mazkur holat yuzasidan fuqarolar O. va U.ga nisbatan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.






