Buyuk Britaniya avtomobil bozorida keskin pasayish kuzatilmoqda, deya ma`lum qilmoqda TASS nashri.
Bunga esayangi avtomobillarni sotib olishga bo`lgan talab keskin tushibketgani va dizel yoqilg`isiga bo`lgan ehtiyoj uchdan bir qismga kamaygani sababdir. Evropa avtomobil ishlab chiqaruvchilar uyushmasining bergan ma`lumotlariga ko`ra, Britaniyada yangi avtomobillarni ro`yxatga olish 6,8 % ga kamaygan. Bu holat avtomobil sanoatigasalbiy ta`sir ko`rsatmoqda. Ayrim tahlilchilar bu vaziyatni breksit bilan bog`liqligini ta`kidlashmoqda.






