AsosiyDunyo

Janubiy Koreyada baliq ovlash festivali boshlandi

'Janubiy Koreyada baliq ovlash festivali boshlandi 'ning rasmi

Janubiy Koreyaning Kanvondo provinsiyasida xalqaro baliq ovlash festivali boshlandi, deb xabar qilmoqda Layf nashri.

Qoidalarga ko`ra, qatnashchilar muzlagan ko`ldan baliqlarni qo`l bilan tutishlari lozim. Aynan mazkur festivalda ishtirok etish uchun Janubiy Koreyaga minglab sayyohlar kelishadi. Havo sovuq bo`lishiga qaramay, tadbirning birinchi kunida 140 mingdan ziyod odam ko`l atrofiga yig`ilgan. Ularning aksariyati AQSh, Xitoy va Evropa mamlakatlari fuqarolaridir. Ushbu festival 27 yanvarga qadar davom etadi.

    Boshqa yangiliklar