AsosiyJamiyat

Romitanda Ayollar ijtimoiy moslashuv markazi ochildi

'Romitanda Ayollar ijtimoiy moslashuv markazi ochildi'ning rasmi

Buxoro viloyati Romitan tumanida Xotin-qizlar qo`mitasi tomonidan tashkil etilgan Ayollar ijtimoiy moslashuv Markazining (shelter) ochilish marosimi bo`lib o`tdi. Bu haqda Xotin-qizlar qo`mitasi axborot xizmati xabar tarqatdi.

Markazni O`zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o`rinbosari, Xotin-qizlar qo`mitasi raisi Tanzila Narbaeva hamda viloyat hokimi o`rinbosari ochib berdi.

Aytish joizki, Respublika bo`yicha shelterlarning umumiy soni 137 ta etdi va bu borada ishlar davom ettiriladi.

Shu kunning o`zida Tanzila Narbaeva xotin-qizlar uchun tashkil etilgan Kovorking hamda ijtimoiy-huquqiy, psixologik yordam ko`rsatish markaziga tashrif buyurib, mahallalarda xotin-qizlar bilan ishlash va oilalarda ma`naviy, axloqiy, qadriyatlarni mustahkamlash bo`yicha mutaxassislar, boshlang`ich tashkilotlar hamda faol ayollar bilan muloqotda bo`ldi.

    Boshqa yangiliklar