AsosiyJamiyat

Toshkentda Amiti universiteti tashkil etildi

'Toshkentda Amiti universiteti tashkil etildi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 7 yanvardagi PQ-4097-son qarori bilan Toshkent shahridagi Amiti Universiteti tashkil etildi.

Universitetda axborot-kommunikasiya texnologiyalari sohasida, birinchi navbatda, dasturiy ta`minotni ishlab chiqish, axborot tizimlari va kompyuter tarmoqlarini boshqarish bo`yicha xalqaro standartlar darajasida yuqori malakali mutaxassislar tayyorlanadi.

Universitetning ta`lim faoliyati 2019/2020 o`quv yilidan boshlanadi. Bu haqda Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligining rasmiy telegram-kanalida ma`lum qilindi.

Universitetda o`qishni tamomlagan bitiruvchilarga O`zbekiston Respublikasida oliy ma`lumot to`g`risidagi hujjat sifatida e`tirof etiladigan Amiti Universitetining (Hindiston Respublikasi) belgilangan namunadagi diplomi beriladi.

    Boshqa yangiliklar