AsosiyJamiyat

“Hamkorbank” hamda Gollandiya Taraqqiyot banki hamkorligi istiqbollari

PoytaxtimizdaHamkorbankhamda Gollandiya Taraqqiyot banki (FMO) o`rtasida o`zaro hamkorlikni rivojlantirish borasida imzolangan shartnomalarning istiqboldagi mohiyatiga bag`ishlangan matbuot anjumani o`tkazildi, deya xabar beradi O`zA.
«Hamkorbank» boshqaruvi raisi Olmaxon To`rajonova va boshqalar Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida mamlakatimizda qulay investision muhit shakllantirilib, investorlar manfaatlarini himoya qiluvchi imtiyozlar tizimi, jumladan, kafolat va preferensiyalar yaratilganini ta`kidladi.
Mamlakatimizda keyingi yillarda xorijiy hamkorlar ishtirokida 4,2 mingta korxona tashkil etildi. Bu chet el investorlarining iqtisodiyotimizga qiziqishi va ishonchi oshayotganidan dalolatdir.
«
Hamkorbank» Gollandiya Taraqqiyot banki bilan 2010 yildan hamkorlikni yo`lga qo`ygan. Xususan, 2012 yilning dekabrida ular o`rtasida 9 million AQSh dollariga teng kredit shartnomasi imzolangan. 2014 yilda yana 4 million dollar miqdorida kredit ajratildi. NatijadaHamkorbankishlab chiqarish va xizmat ko`rsatish sohalariga yo`naltirilgan yigirmadan ortiq loyihani moliyalashtirdi.
Gollandiya Taraqqiyot banki ko`rsatayotgan texnik yordamHamkorbankning resurs bazasini kengaytirish bilan birga xalqaro tajribani joriy qilishda ham ko`maklashadi.
– 2010
yilda Xalqaro moliya korporasiyasiHamkorbankning 15 foizli aksiyasini xarid qildi, – deydi bank departamenti direktori Aziza Ibrohimova. – Bu esaHamkorbankning xorijiy kapital ishtirokidagi bank maqomiga ega bo`lishini ta`minladi.

    Boshqa yangiliklar